Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Chexiya prezidenti Milosh Zemanni Rossiya Ukraina sharqiga bostirib kirmoqchi emasligiga ishontirdi. Bu haqda Chexiya prezidentining xalqaro kanselyariya bo‘limi direktori Ginek Kmonichekka tayanib “Yevropeyskaya pravda” xabar berdi.
Uning aytishicha, Zeman va Lavrov o‘rtasidagi 45 daqiqalik suhbatda asosiy mavzulardan biri Ukrainadagi tanglik bo‘ldi.
“Prezidentni Ukraina sharqidagi voqealar Chexiya respublikasi uchun xavf solish-solmasligi qiziqtirdi. Rossiya Ukraina sharqiga bostirib kirsa, bunday xavf yuzaga kelar edi. Biroq Lavrov Rossiya tomoni bunday harakatni rejalashtirmayotganini ta’kidladi”, — dedi Kmonichek.
Nashrning eslatishicha, Chexiya prezidenti Rossiya qo‘shinlarining Ukraina sharqiga bostirib kirganligi haqida faktni oshkora rad etadigan yagona yevropalik yetakchidir.
Izoh (0)