Pokistonning The Dispatch News Desk (DND) nashri Samarqand viloyati Ishtixon tumanidan topilgan XVI asrga oid hind tangalari xazinasi bo‘yicha o‘z versiyasini taqdim etdi, deb xabar bermoqda 12news.uz.
Topilgan 206 tanganing barchasi 1573− 1600-yillar orasiga, ya’ni Boburning nevarasi, Humoyunning o‘g‘li Shoh Akbarning 49 yil davom etgan hukmronlik davriga tegishli ekanligi aniqlangan.O‘zbek olimlari Lahor va Dehlida ichki bozor uchun zarb etilgan mis tangalarning O‘zbekiston hududida qanday kelib qolgani haqida aniq fikr bildirish mushkulligini ta’kidlab, ularni Hindistonga borgan sayyohlardan biri olib kelgani va almashtirishga ulgurmay qolganini taxmin qilgan.
Pokiston nashri esa hozirda Pokiston hududida joylashgan, tarixda Akbar davlatining potaxti bo‘lgan Lahorda zarb etilgan tangalar eski Lahorning qurilishida muhim rol o‘ynagan Samarqand va Buxorodan kelgan muhandislar, me’morlar va boshqa qurilish mutaxassislari orqali hozirgi O‘zbekiston hududiga borib qolgan, degan fikrni ilgari surmoqda.
Izoh (0)