2009-yilda tashkil etilgan Marplast (www.marplast.uz) kompaniyasi iste’molchilar e‘tiboriga sifatli mahalliy mahsulot – 250 litrdan 10 ming litrgacha sig‘imga ega polietilen rezervuarlarni havola etadi. Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, bunday idishlarga talab ichimlik suvi yetishmovchiligi va uni, shuningdek, boshqa turdagi suyuqliklarni saqlash imkoniyati cheklangan hududlarda ayniqsa yuqori. Hozir bu muammoning yechimi bor, boz ustiga zavodning quvvati yiliga 15 million litrgacha turli xildagi suyuqliklarni saqlashga yetarli mahsulotlarni ishlab chiqarish imkonini beradi.
Idishlar Turkiya va Angliyada ishlab chiqarilgan uskunalarda tayyorlanadi. 2000 litrgacha sig‘imdagi idishlar ichimlik suvini saqlash uchun foydalanadigan aholi orasida keng talabga ega. 2000 litrdan ortiq hajmdagi idishlar esa sanoatda ko‘proq ishlatiladi.
Idishlarning oziq-ovqat polietilenidan choksiz texnologiya asosida tayyorlanishi ularni tashish va saqlash vaqtida ziyon yetish xavfini kamaytiradi. Metall idishlardan farqli ravishda plastik idishlarda yoqilg‘i va suvdan tashqari suyuq oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash mumkinligi tegishli gigiyena va boshqa sertifikatlar bilan tasdiqlangan.
Plastik idishlarning yengil vaznga egaligi ularni tashishni sezilarli darajada osonlashtirib, maxsus ko‘tatish texnikalarisiz yuklash imkonini beradi. 10 ming litr sig‘imga ega idishning og‘irligi bor-yo‘g‘i 183 kilogrammni tashkil qiladi.
Marplast plastik idishlarining korroziyaga uchramasligi (korroziya metal idishlarni yiliga 1 millimetrgacha yemiradi) ulardan foydalanish sohalarini ancha kengaytiradi. Polietilendan tayyorlangan idishlar distillangan va ichimlik suvi, alkogol, yoqilg‘i, sharbat, yog‘ hamda sut mahsulotlarini saqlashga mos keladi. Materialning xususiyatlari evaziga polietilen idishlar barcha darajadagi ishqorlar, turli kislotalar va tuzlarga chidamli hisoblanadi. Mahsulot 40 gradus sovuqdan 70 gradus issiqqacha bo‘lgan haroratni ko‘tara oladi.
Mutaxassislar iste’molchilarni “yevrokub“ deb ataladigan metal karkasli plastik kub idishlardan ehtiyot bo‘lishga chaqiradi. Ular bir marta foydalanish uchun mo‘ljallangan, biroq ko‘pincha ayrim ishbilarmonlar ishlatilgan idishlarni 400 ming – 500 ming so‘mdan sotishi kuzatilgan. Ishlatilgan idishlarni sotib olish tavsiya qilinmaydi, zero bunda xaridor o‘zi uchun qo‘shimcha xavf orttirib oladi: bir tarafdan, idish sotib olinguncha unda nima saqlangani ma’lum emas, boshqa tarafdan uni qancha muddat davomida ishlata olishi ma’lum emas.
Hozirgi vaqtda Farg‘ona, Andijon, Jizzax, Samarqand, Navoiy viloyatlarida kompaniyaning dilerlik tarmog‘i faoliyat yuritmoqda. Toshkent shahrida ikkita firma do‘koni mavjud. Xuddi shunday firma do‘konlarini Namangan, Buxoro, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ochish rejalashtirilmoqda.
Bugungi kunda Marplast O‘zbekistonda oziq-ovqat polietilenidan 10 ming litrgacha sig‘imga ega idishlarni ishlab chiqarish quvvatiga ega yagona kompaniya hisoblanadi.
Batafsil ma’lumot
Kompaniyaning veb-sahifasi: marplast.uzTelefon raqami: (+998-95) 170-54-55, (+998-90) 998-54-55
Reklama huquqi asosida
Izoh (0)