“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi tez orada xalqaro Visa kartalaridan foydalangan holda onlayn rejimda chiptalar sotishni boshlaydi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki matbuot xizmatiga tayanib, UzDaily xabar berdi.
Bank milliy aviakompaniya bilan hamkorlikda xalqaro Visa kartalari orqali elektron tijorat bo‘yicha loyihani ishga tushirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Ushbu loyiha butun dunyodagi Visa kartasi egalariga “O‘zbekiston havo yo‘llari” chiptalarini internet orqali buyurtma qilish imkonini beradi.
Ta’kidlash joiz, yaqin kunlarda bank Visa xalqaro chipli kartalarni muomalaga kiritishni ham rejalashtirmoqda.
Izoh (0)