Yangi Moskvada, Mixaylevo-Yarsevskoye posyolkasi yaqinida quruvchilar tomonidan kottej qurilishi brigadiri va ish boshqaruvchisini betonga qorib yuborilishi yuzasidan tergov olib borilmoqda, deb xabar berdi Vesti.ru.
Politsiyaga ikki erkakning yo‘qolib qolishi to‘g‘risidagi ariza tushganidan bir hafta o‘tib ularni ushbu brigadaning quruvchilari o‘ldirgani ma’lum bo‘ldi. Bunga sabab sifatida oylik maoshlari berilmagani taxmin qilinmoqda.
Brigadir va ish boshqaruvchining jasadlari qurilayotgan bino yaqinidan topildi. Ular beton orasiga qorib yuborilgani tufayli politsiya xodimlari o‘liklarni bir kun davomida ajratib olishiga to‘g‘ri keldi. Hozircha bu ish bo‘yicha javobgarlikni ikki ishchi o‘z bo‘yniga olgan, lekin jinoyatchilar soni ko‘proq bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.
Izoh (0)