Belorussiya prezidenti Aleksandr Lukashenko o‘zining rossiyalik hamkasbi Vladimir Putinni aka deb atadi. Bunday bayonotni siyosatchi Minskda rossiyalik jurnalistlar bilan bo‘lgan matbuot anjumanida berdi, deya xabar qiladi TUT.by.
“Men Putinga: ‘Sen akamsan, haqsan’, — dedim. Lekin aka hech zamonda o‘z ukasini xafa qilmaydi”, — deya ta’kidladi Lukashenko.
Belorussiya yetakchisi respublika Rossiyaning strategik ittifoqdoshi ekanligi va o‘zaro “kelishuvlarga og‘ishmay rioya qilishlari”ni aytib o‘tdi.
“Siz, yevropaliklar Iroqda nima bo‘lishidan xabardor edingiz. U yerda yadro quroli yo‘qligi, shunchaki amerikaliklar bu mamlakatni vayron qilib, so‘ng amaldagi prezident bo‘yniga qo‘ymoqchi ekanligini bilar edingiz. Lekin nima uchun uni qo‘llab-quvvatladingiz? Chunki siz ittifoqdoshlarsiz. Xuddi shunday, biz ham Rossiya bilan ittifoqdoshlarmiz”, — ta’kidladi Lukashenko.
Izoh (0)