Pekin sudi mamlakat temir yo‘llari vazirligi mansabdorini poraxo‘rlik uchun ikki yildan so‘ng ijro etish sharti bilan o‘lim jazosiga mahkum etdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Temir yo‘llari vazirligi bosh muhandisi o‘rinbosari Chjan Shuguan sud tomonidan butun umrga siyosiy huquqlardan mahrum etilib, uning mol-mulkini musodara qilish haqida qaror chiqarildi.
Sud ishi hujjatlariga ko‘ra, Chjan xizmat davrida 2000-yildan 2011-yilgacha bo‘lgan yillarda 14 ta kompaniyadan taxminan 7,68 million dollar miqdorida pora olgan. Buning evaziga u kompaniyalarga vagonlar sotish bo‘yicha shartnomalar tuzish hamda tenderlarda loyihalarni yutib olishga yordam bergan.
Izoh (0)