Serbiya Belgrad ozod qilinishining 70 yilligiga bag‘ishlangan harbiy parad sanasini Rossiya prezidenti Vladimir Putinning tashrifi munosabati bilan kechiktirdi, deb xabar bermoqda “Yevropeyskay Pravda”.
Germaniyaning Deutsche Welle radiosi xabar berishicha, tantanali marosimning sanasi aynan Serbiyada ittifoqchidan ham yuqoriroq darajada ko‘riladigan Rossiyaning prezidenti Vladimir Putinning tashrifi kuniga ataylab moslangan.
Bunday moslashtirishdan siyosatchlari samara chiqarishga umid qilayotgan bo‘lsa ham, serblar orasida keskin tanqidlar ham uchragan. Jumladan, belgradlik yozuvchi Ivan Ivanye “Serbiya hukumati muqovaga beo‘xshov tushgani”ni ta’kidlagan.
Serbiya iqtisodiyoti deyarli to‘liq Rossiya gaziga bog‘liq va u “Janubiy oqim” loyihasida faol ishtirok etadi. Yetakchi serb nashrlari so‘nggi haftalarda Moskvaning Belgradga katta miqdorda sarmoyalar kiritishi haqida yozayotgani xabar berilgan.
Izoh (0)