Mirjalol Qosimov boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi BAA bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazib, 4:0 hisobida zafar quchdi, deb xabar bermoqda Championat.asia.
Ushbu o‘yin O‘zbekiston terma jamoasining 226-uchrashuvdagi 105-g‘alabasi bo‘ldi. Hozirga qadar O‘zbekiston vakillari 49 marta durang o‘ynagan va 72 marta mag‘lub bo‘lgan.
Bugungi o‘yindagi urilgan to‘rtta goldan so‘ng, O‘zbekiston terma jamoasining umumiy gollari soni 417 taga yetdi. O‘tkazilgan gollar esa 269 tani tashkil etmoqda.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston BAA bilan 15-marta to‘qnash keldi va uchinchi bor g‘alabaga erishdi. Qolgan to‘rt bahsda g‘olib aniqlanmagan va sakkiz marotaba arablar zafar quchgan. To‘plar nisbati 17:23 ga o‘zgardi. O‘zbekiston futbolchilari BAAga qarshi o‘yinda ilk bor ikkitadan ortiq gol urdi.
O‘zbekiston terma jamoasi 2014-yilda o‘zining birinchi yirik g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Bu yil bo‘lib o‘tgan sakkizta o‘yinning hech birida O‘zbekiston vakillari yirik hisobda g‘olib chiqmagandi. So‘nggi bor O‘zbekiston termasi 2013-yil 15-noyabr kuni Osiyo Kubogi — 2015 saralashi doirasidagi Vyetnamga qarshi bahsda yirik g‘alabani (3:0) qo‘lga kiritgandi.
Izoh (0)