O‘zbekiston hukumati paxta tolasi eksportini kamaytirish siyosatini davom ettirmoqda, bu yangi ishlab chiqarishlarni yaratish va paxta tolasini qayta ishlashni ko‘paytirish hisobiga bo‘lmoqda. Bu haqda bosh vazir Shavkat Mirziyoyevning bugun Toshkentda ochilgan Xalqaro O‘zbekiston paxta va to‘qimachilik yarmarkasida so‘zlagan nutqiga tayanib, Gazeta.uz xabar berdi. 2015-yil oxirigacha paxta tolasini qayta ishlash quvvatini 500 ming tonnagacha yetkazish ko‘zda tutilgan.
Paxta bo‘yicha xalqaro maslahat qo‘mitasi prognoziga ko‘ra, O‘zbekiston 2014/2015-mavsumda paxta tolasi eksportini 2013/2014-mavsumga qaraganda 15 foizga — 500 ming tonnagacha kamaytiradi.
“O‘zbekyengilsanoat” davlat aksiyadorlik kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2015—2020-yillarda respublikada to‘qimachilik sohasini modernizatsiyalash uchun taxminan 1 milliard dollar yo‘naltiriladi. Dastur ichki paxta tolasini qayta ishlash hajmini joriy yildagi 44 foizdan 2020-yilda 70 foizgacha oshirishni ko‘zda tutadi.
Har yili O‘zbekistonda 3,5 million tonna paxta xomashyosi va 1—1,2 million tonna paxta tolasi ishlab chiqariladi. So‘nggi o‘n yil davomida paxta tolasining mamlakatdagi ichki iste’moli 15 foizdan 40 foizgacha o‘sdi.
Izoh (0)