2001-yilda O‘zbekiston jinoiy qonunchiligida yarashuv instituti joriy qilindi, deb yozadi “Pravda Vostoka” gazetasi. O‘sha yilning o‘zidayoq sudlar tomonidan ushbu insonparvarlik tamoyilining qo‘llanilishi hollari 1100 tani tashkil qildi. 2013-yilga kelib esa ushbu ko‘rsatkich o‘n baravar oshdi va 12 100 taga yetdi.
Yarashuv instituti tashkil qilinganidan buyon u 155 600 fuqaroga nisbatan qo‘llanildi. Institut imkoniyatlari jami 60 turdagi jinoyatlarga nisbatan foydalanilishi mumkin.
Biroq og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar uchun sudlanib, jazo muddatini o‘tamagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar yarashuv instituti orqali jinoiy javobgarlikdan ozod etilmaydi.