Kelasi yildan Toshkentdagi mahalla va ko‘p xonadonli uylar hovlisidagi ko‘chalar betonlana boshlaydi. Bu haqda Mirobod tumani hokimi Sharofiddin Qodirovga tayanib “Podrobno” ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, asfaltdan betonga o‘tish bir nechta omillarga asoslanadi: birinchidan, ko‘chalarni betonlash narx bo‘yicha asfaltlashdan ancha arzonga tushadi; ikkinchidan, bunday qoplama chidamliroqdir.
Shu maqsad yo‘lida poytaxtdagi har bir tuman uchun maxsus texnika sotib olinadi. Mahallalar ichidagi ko‘chalarni ta’mirlash ishlari 2015-yildan boshlanishi rejalashtirilgan.