Hindiston shimolidagi Ximachal-Pradesh shtatida joylashgan Seraj va Kulu vodiylari aholisi o‘zlari sig‘inadigan Xadimba ma’budasi sud tomonidan hayvonlarni qurbonlikka keltirishga qo‘yilgan taqiqni “ma’qullaganiga” ishonmoqda, deb xabar berdi “RIA Novosti”.
2014-yil sentabr oyida shtat sudi ushbu hududlar aholisi bir necha asrlardan buyon amalga oshirib kelayotgan hayvonlarni qurbonlik keltirish an’anasini taqiqlab qo‘ydi. Bunga javoban rohiblar maxsus majlis chaqirib, ushbu qarorga qarshilik qilmoqchi bo‘lgan. Lekin bu hududda sig‘iniladigan 250 ma’buda orasidan birinchi bo‘lib “Xadimba o‘z kohini orqali qurbonlik keltirishni to‘xtatishni buyurdi”, − dedi rohiblardan biri.
Hindistondagi Kulu vodiysi ko‘pxudolik maskani ekanligi bilan nom chiqargan: bu yerda har bir qishloq o‘z ma’budiga sig‘inadi. Mahalliy xalq asosiy qismi 9-oktabrga to‘g‘ri keladigan Dassera bayramida Xadimba muhim rol o‘ynashiga ishonadi.
Izoh (0)