Hindiston shimolidagi Jammu va Kashmir shtatida pokistonlik harbiylar bilan davom etayotgan otishmalar tufayli nazorat-demarkatsiya chizig‘iga yaqin joylarda istiqomat qiluvchi 30 minggga yaqin kishi evakuatsiya qilindi, deb xabar bermoqda “TASS”.
“Hindu” gazetasining yozishicha, o‘tgan kechada Hindistonning 60 ta chegara punktlari o‘qqa tutilishi natijasida kamida 8 kishi jarohat olgan. Otishmalar nazroat chizig‘ida o‘t ochishni tugatish rejimining 2003-yildan buyon eng jiddiy ravishda buzilishiga olib kelgan. Ushbu haftada davom etayotgan otishmalar natijasida 10 kishi halok bo‘lgan, 40 kishi jarohat olgan.
Nazorat chizig‘i Hindiston va Pokiston armiyalarini ajratib turadi, biroq huquqiy jihatdan rasmiy chegara sifatida tan olinmagan. 1947-yilda Britaniya Hindistonining ikkiga bo‘linganidan keyin ikkala davlat 1947—1949, 1965 va 1971-yillarda jami uch marta o‘zaro urushni boshidan kechirgan.
Izoh (0)