Bugun, 9-oktabr kuni Myanma davlatining Yangon shahrida 19 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga start beriladi. Bu haqda UFF.uz sayti xabar berdi.
Musobaqaning nufuzi haqida ortiqcha gapirishning hojati bo‘lmasa kerak. Sababi yarim finalga yo‘l olgan to‘rtta jamoa kelasi yili Yangi Zelandiya davlatida bo‘ladigan yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.
Unda O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etmoqda. Terma jamoamiz o‘z o‘yinlarini 10-oktabr kuni Indoneziyaga qarshi bahs bilan boshlaydi. Guruhimizda Avstraliya hamda BAA kabi kuchli termalar ham o‘rin olgan. Ravshan Haydarov shogirdlariga oson bo‘lmasligi aniq. Shunday bo‘lsada, biz vakillarimizdan JCh-2015 yo‘llanmasini qo‘lga kiritishlarini kutib qolamiz.
Quyida 9–10-oktabr kunlari bo‘lib o‘tadigan o‘yinlar jadvali bilan tanishishingiz mumkin.
9-oktabr
- A guruhi / 14:00 / Eron – Tayland
- C guruhi / 14:00 / Janubiy Koreya – Vyetnam
- A guruhi / 17:00 / Myanma – Yaman
- C guruhi / 17:00 / Yaponiya – Xitoy
10-oktabr
- B guruhi / 14:00 / O‘zbekiston – Indoneziya
- D guruhi / 14:00 / Iroq – Ummon
- B guruhi / 17:00 / Avstraliya – BAA
- D guruhi / 17:00 / KXDR – Qatar
Izoh (0)