Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida 5-oktabr kuni yashil ko‘chalar va xavfsiz harakat qoidalari tarafdorlari uchun KG Street Fest “Piyodalar jannati” festivali bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda KNews.
Shahar ma’muriyati tomonidan har yili tashkillashtiriladigan festival hududi bu yil shartli ravishda besh maydonchaga bo‘lindi: sport va sog‘lom turmush tarzi mavzesi, san’at mavzesi, musiqa va raqs mavzesi, yo‘l harakati qoidalari mavzesi va eko-mavze.
Tadbirdan maqsad nafaqat piyodalar huquqlarini himoya qilishga, balki butun Qirg‘iziston shaharlari ko‘chalarida xavfsiz harakatlanishga ko‘maklashish ham ekanligi ta’kidlandi. Festivalga tashrif buyurgan Bishkek hokimi Kubanichbek Kulmatov bunday tadbirlar shaharni obodonlashtirishga yo‘naltirilgan ishlarning bir qismi ekanligini e’tirof etgan.
Izoh (0)