Taniqli amerikalik aktyor va rejissyor Ben Afflek Real Time with Bill Maher teleshousida musulmonlarning yonini olib chiqdi hamda shou boshlovchisi va mehmonlarini Islomofobiyada ayblab, bu holatni irqchilikka tenglashtirdi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Shou davomida Bill Mayer musulmonlarni ortiqcha zo‘ravonlikda va liberal-demokratik qadriyatlarga amal qilmaslikda ayblab, Islomni mafiyaga tenglashtirgan. Shou mehmonlaridan biri − yozuvchi Sem Xarris ham Islomni qoralagan.
Bu fikrlarga Ben Afflek keskin tanqid bilan javob bergan: “Siz hozir aytayotgan gaplaringiz − dahshatli. Bu qo‘pollik. Bu irqchilik. Bir milliarddan ortiq insonlar aqidaparast emas, ular ayollarni urmaydi, xuddi biz kabi maktabga borishni, sendvich yeyishni xohlaydi, hech kimga zarar yetkazishni istamaydi”.
Izoh (0)