Oktabr oyi davomida Yer aholisi ham quyosh, ham oy tutilishiga guvoh bo‘lishi mumkin. Bu haqda “Segodnya” internet-nashri xabar bermoqda.
8-oktabr, chorshanba kuni bu yilgi ikkinchi to‘liq oy tutilishi kuzatiladi. Bu hodisa Tinch okeani, Avstraliya, Shimoliy va Janubiy Amerikada yaxshi ko‘rinadi. 23-oktabr kuni esa qisman quyosh tutilishi kuzatilib, AQSh va Kanadada yaxshi ko‘rinadi.
Oy tutilishi Oy Yerning soyasi doirasiga kirganda sodir bo‘ladi. Tabiiy yo‘ldosh sayyora soyasiga butunlay kirganda esa to‘liq Oy tutilishi bo‘ladi. Yer va Quyosh o‘rtasini Oy to‘sib qo‘yishi Quyosh tutilishi deyiladi.
Izoh (0)