Rossiyaning Tuapse shahridagi plyajda 46 yoshli kishi va uning 21 yashar o‘g‘lining jasadi topildi. Ular o‘lguniga qadar toshbo‘ron qilingani taxmin qilinmoqda. Bu haqda Krasnodar o‘lkasi bo‘yicha Tergov-qidiruv qo‘mitasining mintaqaviy tergov-qidiruv boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Bosh sohasida yetkazilgan zarar izlari bo‘lgan 46 yoshli mahalliy shaxs topilgani haqidagi ma’lumot Tuapse shahri huquqni muhofaza qilish organlariga 2014-yil 28-sentabr kuni kelib tushgan. 30-sentabr kuni esa voqea sodir bo‘lgan joyda qurbonning 21 yoshli o‘g‘li ham miya suyagi jarohati bilan topilgan.
Voqea yuzasidan Tuapse shahri tergov-qidiruv bo‘limi tomonidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Ayni damda jinoyat kim tomonidan va nima sababdan amalga oshirilganini aniqlashga qaratilgan tergov-qidiruv ishlari va sud-tibbiy ekspertiza jarayoni olib borilmoqda.
Izoh (0)