Rus pravoslav cherkovining Toshkent va O‘zbekiston yeparxiyasi Moskva viloyatidagi Povedniki posyolkasida va Moskvadagi Iso Masih ibodatxonasining cherkov soborlari zalida bo‘lib o‘tgan VI Xalqaro pravoslav OAV festivalida ikki yo‘nalish bo‘yicha g‘olib bo‘ldi, deb xabar bermoqda Anhor.uz.
Hakamlar hay’ati a’zolarining bergan ovozlari natijasida Toshkent va O‘zbekiston yeparxiyasi “Eng yaxshi matbuot xizmati taqdimoti” va ruhoniy Luka (Voyno-Yasenetskiy)ning Toshkentdagi xizmat davri haqida ishlangan “Boshqalarni yoritib, o‘zim yonaman” deb nomlangan hujjatli film uchun “Aktyorlar ishtirokisiz eng yaxshi hujjatli film” yo‘nalishlari bo‘yicha g‘olib deb topildi.
Shuningdek, Toshkent va O‘zbekiston yeparxiyasi fotografi Yevgeniy Belkovning ishlari uchun “Eng yaxshi fotoreportaj” yo‘nalishi bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egallagan.
Izoh (0)