AQShning mashhur nashrlaridan biri Wall Street Journal Rossiya prezidenti Vladimir Putin Xitoyda eng taniqli xorijlik davlat arbobiga aylanganligi to‘g‘risida maqola chop etdi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Maqolada qayd etilishicha, xitoyliklar Vladimir Putin shaxsiga katta qiziqish bildirmoqda. Rossiya yetakchisining tarjimai holi sentabr oyida Xitoyda eng ko‘p sotilgan kitoblar o‘nligiga kirgan. Bu kitob muallifi esa Putinning tarjimai holi Barak Obama, Margaret Tetcher yoki Nelson Mandela haqidagi kitoblaridan ko‘p sotilayotganini ta’kidlagan.
“Kommunizm olamidagi sobiq raqobatchilar hozir o‘xshash qarashlarga ega, bu ayniqsa G‘arbga nisbatan siyosatda yaqqol ko‘rinadi. Xitoy aholisi Rossiyaning Ukraina bo‘yicha siyosatini qo‘llashda eng yuqori o‘rinlardan birida turadi: iyul oyida bu ko‘rsatkich 66 foizga chiqqan. Si Szinpinning ham boshqaruv usuli tobora Putinnikiga o‘xshab bormoqda. Ular o‘z davlatlarining avvalgi qudratini tiklashni ko‘zlayotgan bir avlod yetakchilaridir”, — deyiladi maqolada.
AQShning Ogayo shtatidagi Vittenberg universitetining Rossiya-Xitoy munosabatlari bo‘yicha eksperti Yu Binning fikricha, Xitoy Xu Szintaoning 10 yillik boshqaruvidan keyin o‘ziga kuchli yetakchi izlamoqda, shu asnoda Xitoy rahbariyati Putindan namuna olmoqchi.
Izoh (0)