Janubiy Koreyaning Incheon shahrida davom etayotgan 17-Osiyo o‘yinlarining yunon-rum kurash bahslarida navbatdagi g‘olib va sovrindorlar nomi ma’lum bo‘lmoqda, deb xabar beradi “Olamsport”.
71 kilogramm vazn toifasida ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik Dilshodjon Turdiyev finalda Janubiy koreyalik raqibi Jun Jixunga 0:4 hisobida imkoniyatni boy berib, O‘zbekiston delegatsiyasiga yana bitta kumush medalni qo‘shib qo‘ydi.
Eslatib o‘tamiz, Dilshodjon Turdiyev finalgacha turkmanistonlik Shermat Permanovni 4:0 hamda yaponiyalik Fujimura Sutomuni 4:0 hisoblarida mag‘lubiyatga uchratgan edi.
Izoh (0)