O‘zbekiston Respublikasi mas’ul organlariga sog‘liqqa qasddan og‘ir zarar yetkazganlikda ayblanib qidirilayotgan mamlakat fuqarosi Alisher Qo‘ldoshev topshirildi, deb xabar bermoqda Anhor.uz.
O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlari ma’lumotlariga ko‘ra, Qo‘ldoshev 2013-yilning fevral oyida Toshkent viloyatining Bekobod shahrida yana bir sherigi bilan birgalikda tanish odamni urib, sog‘lig‘iga og‘ir zarar yetkazgan. Jinoyat sodir etilgach, u Rossiya Federatsiyasi hududiga yashiringan.
2014-yil yanvar oyida Qo‘ldoshev Moskva viloyati Ramensk tumani politsiya xodimlari tomonidan qo‘lga olingan. Uning yuzasidan Moskva viloyati prokuraturasi ekstraditsiya tekshiruvini o‘tkazgan va materiallar Rossiya Federatsiyasi Bosh prokuraturasiga jo‘natilgan.
Rossiya Federatsiyasi Bosh prokurorining o‘rinbosari qarori bilan Alisher Qo‘ldoshevni jinoiy javobgarlikka tortish uchun O‘zbekistonga topshirilgan.
Izoh (0)