“Maxsustrans” ishlab chiqarish boshqarmasi joriy yilning 1 oktabridan boshlab Toshkent shahri aholisi, tashkilotlar, korxonalarning maishiy chiqindilari uchun to‘lov narxlarining oshirilishini ma’lum qildi.
Xususan, qayerda ro‘yxatda turishidan qat’i nazar har bir kishi boshiga maishiy chiqindilar olib chiqilishi uchun to‘lov 2600 so‘mni tashkil qiladi. Bu avvalgi tarifdan 13 foizga ko‘p demakdir.
Qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqishning oylik to‘lovining poytaxt aholisi uchun avvalgi narxi bir kishiga 2300 so‘mni tashkil qilar edi.
Izoh (0)