Apple iPhone 6 Plus smartfonining oson qiyshayib qolishi haqidagi mish-mishlar sabab Samsung o‘zining Galaxy Alpha smartfoni undan yaxshiroq ekanligini ta’kidlab, tvit qoldirdi. Bu haqda Phonearena.com sayti ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
iPhone 6 Plus’ni shimning old cho‘ntagida qoldirib, biror soat avtomobil haydalgandan so‘ng, smartfon qayrilib qolayotgani haqida avval xabar berilgan edi. Shundan so‘ng, #bendgate xeshtegi bilan butun dunyoda iPhone 6 Plus gadjetini masxara qila boshlashdi. Ulardan ayrimlarini ushbu maqolada ko‘rishingiz mumkin.
Shuningdek, Samsung kompaniyasining Buyuk Britaniyadagi bo‘limi ham Apple’ni mazah qilish mumkin bo‘lgan, bunday imkoniyatni qo‘ldan chiqarmadi. Kompaniya o‘zining Twitter’dagi akkauntida “Galaxy Alpha + tor shim = muammo yo‘q” deya tvit qoldirdi. Bundan tushunish mumkinki, Samsung Galaxy Alpha smartfoni tor jinsi shimning cho‘ntagida saqlansa ham, u iPhone 6 Plus’ga o‘xshab qiyshayib qolmaydi.
Izoh (0)