Furukawa Battery nomli yapon kompaniyasi suvdan foydalanib ishlaydigan akkumulyator ishlab chiqardi. Bu haqda ITAR-TASS axborot agentiligi ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
Akkumulyator Mg Box deb nomlandi va uning yordamida smartfon hamda boshqa gadjetlarni zaryadlash mumkin. Ushbu qurilma dekabr oyida, taxminan 93 dollardan sotuvga chiqarilishi kutilmoqda.
Qurilmani ishlatish uchun unga ikki litr odatiy suv quyish zarur bo‘ladi. Akkumulyator besh kun davomida elektr energiyasi ishlab chiqaradi va bu muddat oralig‘ida smartfonni taxminan 30 marta zaryadlash mumkin.
Yaponiylik mutaxassislar Mg Box qurilmasida magniy, suv va kislorodning o‘zaro kimyoviy ta’sirlashuvi natijasida elektr energiyasi hosil bo‘lishidan foydalanishgan. Ixtirochilarning fikricha, ushbu akkumulyator tabiiy ofat paytlarida katta foyda keltiradi.
Izoh (0)