O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirining buyrug‘i (pdf) bilan ta’lim muassasalari, korxonalar, turar joy dahalarining asosiy jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va (yoki) sport inshootlari bilan eng kam ta’minlanish normativlari tasdiqlandi.
Hujjatda bog‘chalar, maktablar, litsey va kollejlar, OTMlar, korxonalar hamda aholi turar dahalarining turli sport inshootlari bilan eng kam ta’minlanish normativlari belgilangan. Sport inshootlari miqdori bolalar, o‘quvchilar, talabalar, ishchilar va aholi soniga bog‘liq bo‘ladi.
Masalan, korxonalar uchun belgilangan normativda ko‘rsatilishicha, 1000 kishiga nisbatan hisobiy ko‘rsatkichda sport yadrosi va sport maydonchalari 0,3—0,4 gektar, sport zali, pol sathining maydoni 40—50 m², suzish basseyni, suv sathining maydoni 12—15 m² bo‘lishi kerak.
Bunda korxonalarning asosiy jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va (yoki) sport inshootlari sifatida, korxonalarning yon-atrofidagi aholi turar dahalarining bunday sport inshootlari foydalanilishi mumkin.
Ta’lim muassasalarining jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va (yoki) sport inshootlari aholi turar dahalarining tayanch sport obyektlari hisoblanishi ko‘zda tutilgan.
Izoh (0)