“O‘zbekenergo” kompaniyasi 1-oktabrdan elektr energiyasi to‘lovi oshishini ma’lum qildi.
Kompaniya saytida xabar berilishicha, amaldagi narxlardan 10 foizga qimmat bo‘lgan yangi tariflar O‘zbekiston Moliya vazirligi tomonidan 15-sentabr kuni tasdiqlangan.
Aholiga beriladigan 1 kVt/s elektr energiyasi haqi 131,4 so‘mdan 144,3 so‘mgacha, elektr plitasi bilan ta’minlangan xonadonlar uchun 65,7 so‘mdan 72,15 so‘mgacha oshishi belgilangan.
Bundan avval tariflar o‘tgan yilning 1-aprelida 9,5 foizga oshgan edi.
Eslatib o‘tamiz, 1-oktabrdan issiq va sovuq suv to‘lovlari ham qimmatlashadi.
Izoh (0)