“Qirollik klubi” bosh murabbiyi Karlo Anchelottining ma’lum qilishicha, “Manchester Yunayted”dan ijaraga olingan “Real” hujumchisi Xavyer Ernandes “Atletiko”ga qarshi Ispaniya primerasining 3-turida yangi jamoasida debyut qilishi mumkin. Bu haqda Championat.asia xabar bermoqda.
“Ernandes ‘Atletiko’ga qarshi o‘yinda ilk daqiqalardan maydonga chiqmaydi, ammo o‘ylashimcha, bu uchrashuvda u bizga yordam berishi mumkin”, — dedi murabbiy.
“Real” va “Atletiko” o‘rtasidagi Madrid derbisi bugun Toshkent vaqti bilan 23:00 da boshlanadi.
Izoh (0)