2014-yil 9-sentabr kuni Toshkentda eng yirik aloqa operatori Beeline (Unitel MChJ va“Buzton” QK) Dmitriy Resh Unitel’ning hududiy rivojlantirish bo‘yicha direktori etib tayinlanganligini e’lon qildi. U bu lavozimda ilgari ishlagan, Janubi-g‘arbiy filial direktori o‘rnida Beeline’ning Buxoro va Navoiy viloyatlaridagi faoliyati boshqaruvi bilan shug‘ullanish istagini bildirgan G‘ulom Ortiqovning o‘rniga tayinlandi.
Tayinlovni sharhlar ekan, Unitel MChJ Bosh direktori Aleksandr Vorobyov quyidagilarni aytdi: “Dmitriyning kompaniyamizda Toshkent filiali rahbari sifatidagi faoliyati davomida yuksak natijalarga erishildi: kuchli menejerlar guruhi shakllandi, barcha asosiy ko‘rsatgichlarning barqaror o‘sishiga erishildi va poytaxtda 4G tarmog‘i ishga tushishi amalga oshirildi. Yangi lavozim uning oldiga Beeline’ning yetakchiligini mustahkamlash, butun O‘zbekiston bo‘ylab xizmat ko‘rsatish va servisning sifatini oshirishga hissa qo‘shish kabi yanada muhim vazifalarni qo‘yadi. Ishonaman, Dmitriyning ko‘p yillik tajribasi unga bu maqsadlarga erishishda yordam beradi”.
“Ommaviy bozordagi har qanday kompaniya kabi Beeline’ning faoliyatida asosiysi — bu mijoz, — dedi Dmitriy Resh. — Biz shunday ishlashimiz joizki, abonentlarimiz bizni nafaqat eng yirik operator va innovatsiyalar boshlovchisi, balki ishonchli hamkor sifatida ham ko‘rsin. Albatta, mijozlarga xizmat ko‘rsatuvchi biznesning qurilishi — uzluksiz jarayon va men uning tеzlashuvi uchun barcha imkoniyatlarimni yo‘lga qo‘yaman”.
Ma’lumot uchun, 2013-yilning avgust oyida Unitel MChJ Toshkent hududiy filiali direktori lavozimida ish boshlagan Dmitriy Resh bir yildan so‘ng kompaniyaning hududiy rivojlantirish direktori lavozimini egalladi.
Bundan avvalroq, Beeline kompaniyasi O‘zbekistonda ilk bor LTE texnologiyasi asosida ishlaydigan mobil tarmoqning to‘rtinchi avlodini ishga tushirishini e’lon qilgan edi. Unga ko‘ra, sekundiga 70 megabit maksimal tezlikda ishlaydigan 4G tarmog‘i joriy yil yakuniga qadar Toshkent shahridagi markaziy tumanlar — jami 10 foiz hududni qamrab oladi. 2015-yilda mazkur tarmoq poytaxt va Samarqand shahrida to‘liq yo‘lga qo‘yiladi.
Izoh (0)