O‘zbekiston XXIII milliy chempionati 18-tur o‘yinlari doirasidagi “Lokomotiv” — “Bunyodkor” (1:2) o‘yinida hakamlik qilgan Valentin Kovalenko to‘rtta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi, deb xabar bermoqda Stadion.uz.
Ushbu uchrashuvda bir necha bahsli qarorlar qabul qilgani sabab, Valentin Kovalenkoning olib borgan ishi o‘rganib chiqilib, O‘FF hakamlar departamenti tomonidan shunday jazo chorasi qo‘llanildi. Shuningdek, FIFA referisiga moliyaviy jarimalar ham solingani haqida ma’lum qilindi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu uchrashuv 28-avgust kuni, “Lokomotiv” stadionida bo‘lib o‘tgan edi.
Izoh (0)