O‘zbekiston viloyatlarida Samarqandda ishlab chiqarish o‘zlashtirilgan yangi o‘zbek avtobusining taqdimotlari bo‘lib o‘tmoqda, deya xabar berdi Podrobno.uz.
Sam Auto LE 60 avtobusi shahar yo‘nalishlarida yo‘lovchilarni tashishga mo‘ljallangan bo‘lib, u yo‘l sinovlarida ijobiy natijalarni ko‘rsatdi.
Namangandagi taqdimot chog‘ida ta’kidlanganidek, past polli yangi avtobus 56 yo‘lovchi o‘rniga egadir. U Rossiyaning “Ermis injiniring” kompaniyasi bilan hamkorlikda loyihalashtirilgan.
Sam Auto LE 60’ning uzunligi 8 metr, og‘irligi 10,2 tonnaga tengdir. Avtobusda sig‘imi 4,5 litrlik, “Yevro-4” ekologik talablariga javob beradigan Cummins 4ISBe4 185B dvigateli qo‘llanilgan.
Izoh (0)