Keniyaning Masai-Mara milliy bog‘ida mangust o‘ziga qarashli maydonga kirgan to‘rtta sher bilan kurashib, haqiqiy qahramonlik ko‘rsatdi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Mangust o‘zidan bir necha bor katta sherlarga tushlik bo‘lishi mumkinligiga qaramay, ularga “harbiy xitob” qilib, tishlari bilan hujum qildi.
Vaqti-vaqti bilan o‘z iniga berkinib, sherlarga qarshi ikki bor hujum uyushtirgan mangust hatto jungli qirollaridan birining burnini tishlab oldi.
Voqea 2011-yilda sodir bo‘lgan, biroq uni videoga olgan Jerom Gillamo videolavhani YouTube’ga 2014-yil 2-sentabr kuni joylagan. Bir sutka ichida video 350 mingdan ko‘proq marotaba tomosha qilindi.
Izoh (0)