Yevropa Ittifoqi Ukrainadagi vaziyat munosabati bilan Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni kuchaytirmoqchi. Bu haqda Yevropa kengashi raisi Xerman Van Rompyoy Bryusselda bo‘lib o‘tgan YeI sammiti yakunida aytib o‘tdi, deb yozadi Euronews.
“Yevropa Ittifoqi vaziyat qanday rivojlanishiga qarab, keyingi jiddiy choralarni qabul qilishini aytdi. U Yevrokomissiyadan shoshilinch ravishda tayyorgarlik ishlarini o‘tkazib, hafta davomida taklifni ko‘rib chiqish uchun taqdim etishini so‘radi”, — dedi Xerman Van Rompyoy.
Bryusseldagi sammitda qatnashgan Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko vaziyatning xavfli chegaraga yaqinlashib qolganini ta’kidladi. “Biz ‘borsa kelmas’ nuqtaga juda yaqin keldik, deb o‘ylayman. ‘Borsa kelmas’ nuqtasi ayirmachilar nazorati ostidagi va, ayirmachilar o‘rniga Rossiya muntazam armiyasi bo‘lgan to‘liq ko‘lamdagi urush deganidir”, — dedi u.
Ta’kidlash joiz, Slovakiya Rossiya qarshi yangi sanksiyalar kiritilishiga qarshi chiqishini, chunki bunday choralarni samarasiz va adolatsiz deb bilishini aytgan edi.
Izoh (0)