Namangan viloyati Kosonsoy tumanidagi Olmazor massivida namunaviy loyihalar asosida barpo etilgan 15 turar-joy O‘zbekiston mustaqilligining 23 yilligi arafasida o‘z egalariga topshirildi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi xabar bermoqda.
Ushbu uylar “Kushon tezkor qurilish” va “Kosonsoy samo yulduzi” xususiy korxonalari tomonidan qisqa fursatlarda bunyod etildi.
“Qishloq qurilish invest” ixtisoslashtirilgan injiniring kompaniyasi Namangan filiali yetakchi mutaxassisi Abdusamat Nuriddinovning aytishicha, joriy yilda viloyatda ana shunday 777 ta yangi uy o‘z egalariga topshiriladi.
Izoh (0)