2014-yil 16-avgust kuni Turkmaniston rahbari Gurbanguli Berdimuhamedov mamlakatdagi “Turkmanistonning davlat mukofotlari to‘g‘risidagi ayrim qonunchilik hujjatlariga o‘zgartirish kiritish haqida”gi qonunni imzoladi. Bu haqda “Xronika Turkmenistana” nashri xabar bermoqda.
Qonun “Prezident yulduzi”, “Oltin asr”, “Uyg‘onish” singari bir qator davlat mukofotlarining yangicha ta’riflanishini tasdiqladi.
Qonunga muvofiq, bundan buyon medal va ordenlarda Turkmaniston birinchi prezidenti — Saparmurot Niyozovning bo‘rtma rasmi emas, monument va otlar tasvirlanadi.
Izoh (0)