Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

2014—2015-o‘quv yilida 587 ming o‘quvchi 1-sinfga qabul qilinadi, deya xabar berdi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Ular uchun 12 nomdagi o‘quv qurollaridan iborat Prezident sovg‘alari tayyorlanib, umumta’lim maktablariga yetkazildi. Mazkur sovg‘alar “Bilimlar kuni” tadbirlarida tantanali topshiriladi.

Ta’kidlash joiz, xalq ta’limi tizimida jami 15 708 ta ta’lim muassasalari, jumladan 9739 ta maktab, 4950 ta maktabgacha ta’lim muassasalari, 211 ta “Barkamol avlod” bolalar markazlari, 278 ta musiqa va san’at maktablari, 483 ta bolalar va o‘smirlar sport maktablari, 23 ta mehribonlik uylari, 16 ta pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutlari, 4 ta pedagogika institutlari faoliyat ko‘rsatmoqda.

2014-yilda investitsiya dasturi doirasida respublika bo‘yicha 381 ta maktabda qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirildi, shundan 220 tasi rekonstruksiya qilindi, 161 tasi kapital ta’mirlandi. Ushbu maqsadlarga jami 282 milliard so‘m mablag‘lar ajratildi.

Yangi o‘quv yili uchun 605 nomdagi 34,5 million nusxa darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalar chop ettirilib joylarga yetkazildi.

Maktabgacha ta’limga qamrab olinmagan bolalarning ota-onalari uchun “Bolajon” tayanch dasturi asosida 5 nomdagi (“Nutq o‘stirish, o‘qish va savodga tayyorlash”, “Matematik tasavvurlarni shakllantirish”, 2 qismli “Badiiy asarlar to‘plami”, “Sog‘lom tanda – sog‘ aql”) qo‘llanmalar yaratildi

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Daryo” kundaligida sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Putin taklifiga binoan 7-oktabr kuni Rossiyaga boradi
Mahalliy
Dunyoda koronavirusni yuqtirish holatlari 6 foiz, o‘lim ko‘rsatkichi esa 12 foizga kamaydi