Sankt-Peterburgdagi “Pulkovo” aeroportida O‘zbekiston va Tojikistondan kelgan yo‘lovchilar yuklarini tekshirish vaqtida “Rosselxoznadzor” mutaxassislari olib kirish taqiqlangan mahsulotlarni aniqlashdi. Bu haqda “Rosbalt” axborot agentligi xabar berdi.
Agentlikning “Rosselxoznadzor”ga tayanib ma’lum qilishicha, yo‘lovchilardan 27 kilogramm ho‘l meva (uzum, qovun), sabzavot (qalampir, bodring, pomidor, ko‘k piyoz), quruq mevalar va yong‘oqlar musodara qilingan.
Olib qo‘yilgan mahsulotlarning barchasi yo‘q qilingan.
Izoh (0)