Rossiya Federatsiyasining Volgograd viloyati bo‘yicha tergov qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi Dilorom Matyoqubovaga nisbatan hukm chiqardi, deya xabar berdi “Anhor”.
Aniqlanishicha, 2014-yil yanvarida og‘ir oilaviy vaziyat va o‘z qarindoshlaridan homiladorligini yashirish zaruriyati tufayli, ayol bolasini dunyoga kelishi bilan begonalarga sotib yuborishga qaror qiladi.
Mart oyida o‘g‘li tug‘ilgach, o‘z tanishlari orqali xaridor qidira boshlaydi. Bir yarim oydan so‘ng politsiyaning tezkor xodimlari xaridor sifatida kelib, chaqaloqni “sotib oladi”.
Farzandini 35 ming rublga pullaganidan ikki oy o‘tib, Matyoqubova hibsga olindi. Sud ayolni uch yilga ozodlikdan mahrum qildi.
Izoh (0)