Xitoyning Nankin shahrida davom etayotgan II o‘smirlar yozgi olimpiada o‘yinlarining boks musobaqasi finalida ishtirok etgan o‘zbekistonlik bokschi Sulaymon Latipov eng yengil vazn toifasi (49 kilogrammgacha)da kumush medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Stadion.uz xabar bermoqda.
O‘zbekistonlik sportchi hal qiluvchi bahsni ozarbayjonlik Rufat Huseynovga qarshi o‘tkazdi. Jangni baholab borgan har uchala hakam Rufat Huseynovning g‘alabasini e’tirof etdi — 28-29, 27-30, 27-30.
Sulaymon Latipov Bolgariyada bo‘lib o‘tgan o‘smirlar o‘rtasidagi JChning yarim finalida aynan Rufat Huseynovni mag‘lub etib, finalga chiqqandi.
Yana bir o‘zbekistonlik bokschi Bektemir Meliqo‘ziyev (69 kg) ham bugun final jangini o‘tkazadi. Uning Dominikan Respublikasidan tashrif buyurgan bokschi bilan bahsi Toshkent vaqti bilan soat 12:15 da boshlanadi.
Izoh (0)