Kecha Madridning “Visente Kalderon” stadionida Ispaniya Superkubogi uchun uchrashuvda “Atletiko” “Real”ni 1:0 hisobi bilan mag‘lub etdi. Bu haqda Uff.uz xabar bermoqda.
Uchrashuvning 2-daqiqasidayoq “Atletiko” hisobni ochdi, Mario Manjukich jarima maydoni chizig‘idan zarba berdi va “Visente Kalderon”dagi debyut uchrashuvida Kasilyas darvozasini ishg‘ol qildi.“Atletiko”, asosan, ustunlikni “Real”ga berib, qarshi hujum taktikasida o‘ynadi.
“Real”ning hali mavsumga to‘liq tayyor emasligi bilinib qoldi, barcha yulduzlar jipslashgan bo‘lsa-da jamoaviy o‘yin ko‘rsata olmadi.
“Atletiko” o‘z tarixida ikkinchi bora mazkur sovringa ega chiqdi.
Ispaniya Superkubogi
“Atletiko” – “Real Madrid” 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 2 Manjukich.
“Atletiko”: Moyya, Xuanfran, Miranda, Godin, Sikeyra, R. Garsiya (Saul, 90), Tiagu, Gabi, Koke, Grizmann (R. Ximenes, 73), Manjukich (K. Rodriges, 85).
“Real Madrid”: Kasilyas, Ramos, Karvaxal, Varan, Koentrau (Marselo, 70), Alonso, Xames (Isko, 65), Kroos (Ronaldu, 46), Beyl, Modrich, Benzema.
Ogohlantirishlar: Tiagu (18), Modrich (48), Koke (51), Alonso (52), Grizmann (68), R. Garsiya (74), Isko (78), Ramos (89), Ronaldu (90).
Chetlashtirish: Modrich (90).
Izoh (0)