Xitoyda davom etayotgan ikkinchi o‘smirlar olimpiada o‘yinlarida yana bir o‘zbekistonlik sportchi sovrindorlar safidan o‘rin oldi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi.
Taekvondo (WTF) bo‘yicha qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqada o‘zbekistonlik Umida Abdullayeva (+63 kg) hal qiluvchi final bahsida amerikalik Kendl Yunga imkoniyatni boy berib, kumush medal bilan taqdirlandi.
Eslatib o‘tamiz, Umida chorak finalda Sharlotta Munavi (Svazilend)ni, yarim finalda esa Li Chen (Xitoy)ni mag‘lub etgan edi.
Shu tariqa, O‘zbekiston sportchilari hisobida hozircha ikkita oltin, bitta kumush va ikkita bronza medallari mavjud.
Izoh (0)