Sobiq futbolchi Devid Bekhem, Ben Afflek va Jennifer Garner yulduzlar oilasi, shuningdek, Tom Kruz, Eshton Katcher, Xayden Panettyeri va Robert Pattinson singari mashhurlar Ice Bucket Challenge aksiyasi ishtirokchilariga aylandi. Bu haqda “Segodnya” xabar bermoqda.
Amerikalik aktyor Afflek muzdek suvga cho‘milib, teleboshlovchi Jimmi Kimmel, aktyor Nil Patrik Xarris, do‘sti Mett Deymon hamda turmush o‘rtog‘i, aktrisa Jennifer Garnerga chaqiruv yo‘lladi. Ben Afflek aksiya haqida so‘zlayotgan nutqini yakunlashga ulgurmadi: uning turmush o‘rtog‘i yugurib kelib, Benning ustidan suv quyib yubordi. Buni kutmagan aktyor ayoli bilan birga basseynga sakradi.
Amerikalik aktyor Tom Kruz esa “Missiya nevipolnima 5” filmining rejissori Kristofer MakKuorri bilan sakkiz chelak muzday suvda chiniqdi.
Sobiq futbolchi Devid Bekhemni Ice Bucket Challenge’da ishtirok etishga tele- va radioboshlovchi Rayan Sikrest taklif qildi. 39 yoshli Devidning ustidan katta bochkada muzday suv quyishdi.
Amerikalik aktyor, boshlovchi va prodyusser Eshton Katcher “muzdek dush”ni aktyor Uilmer Valderrama bilan hamkorlikda qabul qildi. Ular bir-birining ustida muz bo‘laklari solingan idishni ag‘dardi.
Yana bir amerikalik aktrisa Xayden Panettyeri homilador bo‘lishiga qaramay, Keysi Masgreyvs, Vladimir Klichko va bo‘lajak farzandiga chaqiruv yo‘llagan holda muzdek suvga cho‘mildi.
Amerikalik qo‘shiqchi va aktyor Zak Efron aksiyaga britaniyalik aktyor Robert Pattinsonni chorladi. Robertning ustidan muz to‘la idishni ag‘darib, rezina ichakda suv sepishdi.
Eslatib o‘tamiz, Ice Bucket Challenge aksiyasiga ko‘ra, mashhur insonlar o‘z ustidan muzdek suv quyib, do‘stlariga shunday qilishni yoki xayriya jamg‘armasiga pul o‘tkazishni taklif qilishi lozim. Xayriyadan tushadigan mablag‘ amiotrofik skleroz — Lu Gerig kasalligiga chalinganlarga sarflanadi. Bu kasallik odamning bosh miya tizimiga ta’sir qilib, keyinchalik falajlikka olib kelishi mumkin.
Izoh (0)