21-avgust kuni Janubiy Koreyaning Inchxon shahrida sentabrda start oladigan Osiyo o‘yinlarining futbol musobaqasiga qur’a tashlandi. Bu haqda Uff.uz xabar berdi.
Unga ko‘ra, Mirjalol Qosimov bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston terma jamoasi musobaqaning “B” guruhida Gonkong, Bangladesh va Afg‘oniston terma jamoalariga qarshi o‘ynaydi.
Ma’lumot uchun, mazkur musobaqada terma jamoalar 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar bilan ishtirok etadi. Reglamentga ko‘ra, terma jamoalar, shuningdek, yoshi 23 yoshdan katta bo‘lgan uch nafar futbolchini tarkibga qo‘shib olish imkoniga ega.
Eslatib o‘tamiz, Janubiy Koreyaning Inchxon shahrida bo‘lib o‘tadigan Osiyo o‘yinlari futbol musobaqasi 14-sentabr kuni start oladi va 3-oktabrgacha davom etadi.
Izoh (0)