Ozarbayjon terma jamoasi bosh murabbiyi Berti Fogts O‘zbekiston terma jamoasiga qarshi kechgan o‘rtoqlik o‘yini haqida o‘z fikrini bildirdi, deb xabar bermoqda Uff.uz.
“O‘yindan mutlaqo ko‘nglim to‘lmadi. Bugun raqib jismoniy jihatdan kuchliroq edi. Bizning futbolchilarimiz esa charchab qoldi.
Mavsum endi boshlanmoqda. Bugun juda ko‘p xatolar ko‘rdik. Ularni to‘g‘rilash ustida ish olib boramiz. Bizda golli vaziyatlar bo‘ldi va ulardan ba’zilari menga yoqdi. Ammo gol ura olmadik”, — deydi murabbiy.
Izoh (0)