Kecha Birinchi liga ikkinchi bosqichining 2-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. “Qo‘qon” — “Xorazm” uchrashuvida qiziq holat ro‘y berdi, deb xabar bermoqda Stadion.uz.
Mehmonlar darvozaboni va sardori muxlislar provakatsiyasiga uchib, nomaqbul harakat qildi va hakam tomonidan chetlatildi. O‘dayev (darvozabon) chetlatilgach, “Xorazm” zaxira o‘rindig‘ida boshqa darvozabon bo‘lmagani bois o‘yinchilardan biri darvozadan o‘rin oldi.
Biroz o‘tib, futbolchi gol o‘tkazib yubordi. Shundan so‘ng, boshqa bir futbolchi darvozabon formasini kiyib, darvozaga turdi.
Shu tariqa, bitta o‘yin davomida “Xorazm” darvozasini uch nafar futbolchi qo‘riqladi.
O‘yin esa “Qo‘qon — 1912”ning yirik 3:0 hisobdagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Izoh (0)