O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov Ozarbayjonga qarshi o‘yinda ishtirok etadigan 20 nafar futbolchidan iborat yakuniy tarkibni aniqladi. Bu haqda Stadion.uz xabar bermoqda.
Ozarbayjonga qarshi o‘yin oldidan 16-avgust kuni Toshkentda mashg‘ulotlarga kirishgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi 18-avgust kuni Bokuga uchib ketadi. Milliy terma jamoa bosh murabbiyi yig‘inga dastlab 23 nafar futbochini taklif etgan edi. Ikki kunlik mashg‘ulotlardan so‘ng, ular orasidan Bokuga uchib ketadigan 20 nafar futbolchi aniqlangan. Dastlabki ro‘yxatdan Azamat Isroilov (“Olmaliq”), Diyor Turopov (“Olmaliq”) va Abdumavlon Abdujalilov (“Neftchi”) tushib qolgan.
Eslatib o‘tamiz, Ozarbayjon hamda O‘zbekiston milliy terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi 20-avgust kuni Bakcell Arena stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘zaro kelishuvga ko‘ra, uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanadi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasining Bokuga yo‘l oladigan tarkibi:
Darvozabonlar:
- Eldorbek Suyunov (“Nasaf”)
- Nikita Ribkin (“Paxtakor”)
- Yegor Krimets (“Paxtakor”)
- Bobur Yo‘ldoshev (“Lokomotiv”)
- Davron Hoshimov (“Paxtakor”)
- Salim Mustafoyev (“Lokomotiv”)
- Islom To‘xtaxo‘jayev (“Lokomotiv”)
- Sherzod Fayziyev (“Mash’al”)
- Azim Ahmedov (“Navbahor”)
- Dilshod Jo‘rayev (“Bunyodkor”)
- Fozil Musayev (“Lokomotiv”)
- Jamshid Iskanderov (“Paxtakor”)
- Vladimir Kozak (“Paxtakor”)
- Pavel Smolyachenko (“Neftchi”)
- Sardor Rashidov (“Bunyodkor”)
- Farrux Sayfiyev (“Nasaf”)
- Shahzod Nurmatov (“Metallurg”)
- Ivan Nagayev (“Lokomotiv”)
- Navruz Olimov (“Qizilqum”)
- Igor Sergeyev (“Paxtakor”)
Izoh (0)