Gondurasda mamlakat banklarining biridan qimmatbaho narsalarni olib ketayotgan kichik samolyotning halokati natijasida kamida to‘rt kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “ITAR-TASS” xabar bermoqda.
Gonduras hukumati vakillari so‘zlariga ko‘ra, aviahalokat Grasias-a-Dios departamentidagi Puerto-Lempira porti hududida sodir bo‘lgan.
Ikki motorli samolyot hozircha aniqlanmagan sabablar tufayli Karib dengizi bo‘yida joylashgan La-Seyba shahridagi “Goloson” xalqaro aeroportidan parvoz qilishi bilan qulagan. Samolyot bortida ikki uchuvchi va ikki nafar inkassator xodimi bo‘lgan.
Taxminiy ma’lumotlarga ko‘ra, aviahalokat parvoz amalga oshirilgan hududdagi noqulay ob-havo sharoiti tufayli sodir bo‘lgan. Samolyot qoldiqlari Gondurasdagi harbiy havo kuchlari vertolyotlari ham qatnashgan operatsiya vaqtida topildi.
Izoh (0)