“PSJ” klubi hujumchisi Zlatan Ibrohimovich 2016-yilda faoliyatini yakunlashi haqida gapirib o‘tdi. Uning fikricha, 34 yoshga to‘lganida yuksak saviyada o‘ynay olmaydi. Bu haqda Uff.uz xabar bermoqda.
“‘PSJ’ bilan mening amaldagi shartnomam 2016-yilda yakuniga yetadi. O‘shanda men 34 yoshni qarshi olaman. Menimcha, unda yuksak saviyada to‘p tepa olmasam kerak.
Shuning uchun futbolchilik faoliyatimni tugataman”, — deydi ESPN nashri Ibrohimovich so‘zlarini keltirib.
Izoh (0)