6-avgust kuni O‘zbekistonda Odam immuniteti tanqisligi virusiga oid savollar bo‘yicha bepul ishonch telefoni ishga tushadi. Xizmat Toshkent shahridagi OITSga qarshi kurash bo‘yicha markaz tomonidan BMTning O‘zbekistondagi Taraqqiyot dasturi bilan texnik hamkorlikda ko‘rsatiladi. Bu haqda Podrobno.uz xabar bermoqda.
Ishonch telefoni “OITV, sil, malyariya kasalliklarining tarqalishiga qarshi samarali kurashishda milliy hamkorlar salohiyatini mustahkamlash” loyihasi doirasida “Hayot liniyasi” nomi bilan yo‘lga qo‘yiladi.
O‘zbekistonning istalgan hududidan 230-75-29 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, OITV infeksiyasi bilan bog‘liq barcha savollarga javob olish mumkin. Telefon dushanbadan jumaga qadar 8:00 dan 20:00 gacha, shanba kuni esa 8:00 dan 17:00 ga qadar ishlaydi.
Telefon qilganlarning raqami shifrlanib, suhbatlar sir saqlanadi. Xizmat bepul taqdim etiladi.
Izoh (0)